O‘quvchi-qizlar kasb-hunarga yo‘naltirilmoqda

Date:

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish, yosh avlodning bandligini ta’minlash, ularda tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Angor tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchi qizlari “Charos Angor” oilaviy korxonasida amaliyot o‘tamoqda. Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda mahalliy tadbirkorlik subyekti o‘rtasidagi hamkorlik asosida tashkil etilgan ushbu tashabbus orqali o‘quvchilar tikuvchilik yo‘nalishida zaruriy kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallamoqdalar.

Ular korxona faoliyati bilan bevosita tanishish, tikuv mashinalari bilan ishlash, mahsulot tayyorlash bosqichlarini o‘rganish orqali kelgusidagi kasb tanloviga asos yaratmoqda. Bu kabi tashabbuslar o‘quvchi-yoshlarning hayotga tayyor holda chiqishiga, ularning ijtimoiy faolligi va maqsadga yo‘naltirilganligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chegarachilar maktabda

Termiz tumanidagi 18-maktab o‘quvchilari uchun harbiy xizmatning mas’uliyati va...

Jangovar shaylikdan tafakkurgacha…

Surxondaryodagi DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan birida shaxsiy...

Olis mahallalarda ham yo‘llar ravon

Sariosiyo tumanining olis tog‘li Daragiston va Bog‘i Samarqand mahallalarida...

Kerakli tavsiyalar berildi

Sariosiyo tumanida hokim yordamchilari uchun “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini...
KunTun
KunTun