Ayollar hunarli bo‘lmoqda

Date:

Uzun tumanidagi “Ayollar daftari”da turgan va ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar uchun “Oila va xotin-qizlar” maskanida nazariy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. O‘quvlar davomida ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi, balki amaliy jihatdan ham kasb-hunarga yo‘naltirildi.
Xususan, “Yangi ro‘zg‘or” mahallasida gulchilik, “Erkinlik” mahallasida hunarmandchilik, “Oqmachit” mahallasida esa asalarichilik yo‘nalishida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Sayxunobod tajribasi asosida tashkil etilgan bu o‘quvlar ayollarni zamonaviy kasblar va an’anaviy hunarmandchilik bilan shug‘ullanishga o‘rgatdi. Mazkur tashabbus ayollarning bandligini ta’minlash, ularni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda kasb-hunar ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun