Variativ rejalar asosida…

Date:

O‘zbekistonda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati tashkil etiladi. Prezident farmoniga ko‘ra, maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026-o‘quv yilidan boshlanadi. Maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma) bilan bir qatorda yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish imkonini beruvchi xalqaro ta’lim dasturi diplomi (International Baccalaureate) beriladi.
O‘quvchilar bilan individual ishlash tizimi joriy etilib, 1 nafar maslahatchi va pedagogga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativiga mutanosib ravishda 1:15 va 1:8 nisbatlar qo‘llanadi. Maktabda ta’lim jarayoni variativ o‘quv rejalar asosida amalga oshiriladi hamda o‘quvchilar ingliz tilidan tashqari kamida yana bitta qo‘shimcha xorijiy tilga o‘qitiladi. Maktabda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitiladigan o‘quvchilarning umumiy cheklangan soni 180 nafarni tashkil etadi.
O‘quvchilarga ilmiy-tadqiqot va innovatsion startap loyihalar hamda boshqa ijtimoiy loyihalar bo‘yicha o‘zining portfoliosini shakllantirishga ko‘mak beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar garovi

Har bir bola sifatli ta’lim-tarbiya olish va o‘z qobiliyatini...

Qulaylik yaratildi

Aholiga sifatli va tezkor veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda mutaxassislarning zarur...

Mehnat ortidan farovon hayot

Mehnat — farovonlik va baraka manbai. Buni nafaqada bo‘lishiga...

Shahnoza Haydarova — Osiyo chempioni

O‘zbekiston yoshlar sportida yana bir yorqin natija! Osiyo chempionatida...
KunTun
KunTun