Kimlarga maxsus stipendiya to‘lanadi?

Date:

«Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan «qizil» toifaga kiritilgan oilalarning «a’lo» baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lanadi.
2025-yil 1-sentyabridan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag‘al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to‘lovidan ozod etiladi.
2026-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalarning «a’lo» baholarga o‘qiydigan farzandlarining O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog‘lomlashtirilishi xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambag‘al oilalar reyestri va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilishini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak intellekti” g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi yosh...

Yosh iste’dodlar kashf etildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Bo‘zatov fest — “Yoshlar ovozi–2026”...

Chorvachilikda yangi imtiyozlar

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish va mahsuldorlikni oshirish maqsadida yangi soliq...

Surxon bioxilma-xilligi xalqaro olimlar nigohida

Termiz davlat universiteti olimlari dunyoga mashhur malakolog va xalqaro...
KunTun
KunTun