Ijtimoiy xodimlarga skuterlar topshirildi

Date:

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam berish — bu nafaqat mas’uliyat, balki katta insonparvarlik hissini talab qiladi. Shu nuqtayi nazardan, olis va infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan hududlarda faoliyat yuritayotgan Jarqo‘rg‘on tumanidagi ijtimoiy xodimlarning ish sharoitlarini yaxshilash, ularning xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda, og‘ir va uzoq mahallalarda ish olib borayotgan ijtimoiy xodimlarga maxsus elektr skuterlar topshirildi. Bu tashabbus ularning kundalik harakatini yengillashtirib, xizmat sifatini yanada oshirishga yordam beradi. Endilikda xodimlar aholiga tez va samarali ijtimoiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Skuterlar nafaqat vaqt va masofani qisqartiradi, balki ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarga o‘z vaqtida yetib borish, ularning muammolarini joyida hal etish imkonini ham yaratadi. Bu esa xalq va davlat o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlaydi.
— Tuman markazidan 25 kilometr olisda uzoqlikda joylashgan “Uzumzor” mahallasida faoiyat olib boraman. Mahallam hududi asosiy qismi qir adrliklarda joylashgan. Aholi xonadonlari ham tarqoq joyda joylashgan mingdan ortiq fuqarolarga xizmat qilish menga anchayin qiyinlik tug‘tirayotgan edi. Endi ushbu qiyinchiliklar ortda qoldi xalqimizga tez va sifatli xizmat qilish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan 12 nafar jtimoiy xodimlarga skuterlar topshirildi, — deydi mahalladagi ijtimoiy xodim Saida Ergasheva.
Mazkur loyiha ijtimoiy sohadagi islohotlarning amaliy samarasi sifatida fuqarolar manfaatini ko‘zlab olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tibor va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartiradi

Jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj...

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori,...

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda

Termiz davlat universitetida talabalar uchun yangi imkoniyat — Harbiy...

Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi o‘zbekzabon aholining ona tilida...
KunTun
KunTun