Maqsadli magistratura joriy etiladi

Date:

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura 2025-yil dekabr oyiga qadar joriy etilishi belgilandi.

Xususan, Universitetlarda 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida maqsadli magistratura tashkil etiladi.  Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning ishdan ajralmagan holda bilim olishlari uchun ta’lim jarayonini masofaviy ta’lim shaklida olib boriladi.

 Magistraturaga faqat xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan tizimdagi oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar qabul qilinadi.  Magistraturada masofadan o‘qitish va davlat tomonidan diplom berish tartibi, to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash hamda talabalarni bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun