Mikrosanoat markazlari tashkil etiladi

Date:

Prezident qarori bilan 2025-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrida mikrosanoat markazlarini barpo etish loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlangan edi. Hukumatning yaqinda qabul qilingan qarori bilan mikrosanoat markazlari uchun yer uchastkalarini ajratish va ularda tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish tartibi ishlab chiqildi.
Mikrosanoat markazlari hududlarning ixtisoslashuvi va tadbirkorlik an’analari (hududlarning drayveri), yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, xorijiy davlatlar (Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya) tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqiladigan alohida konsepsiya asosida barpo etilishi belgilandi.
Mikrosanoat markazlarida hunarmandchilik, tikuvchilik, poyabzalchilik, qandolatchilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlari bilan shug‘ullanadigan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari joylashtiriladi.
Mikrosanoat markazlariga ishlab chiqarishlarni joylashtirishda tabiiy gazga muqobil bo‘lgan yoqilg‘i turlaridan va energiya tejamkor texnologiyalardan (geliokollektor, issiqlik nasosi, quyosh panellari, issiqlikni qayta tiklash-rekuperatsiya qilish va boshqalar) foydalanishga ustuvorlik beriladi.
Mikrosanoat markazlarini qurish uchun yer uchastkalari tashabbuskor pudrat tashkilotlariga elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun