Sud tizimini raqamlashtirish: “Raqamli sud” konsepsiyasi

Date:

2025-yilda “Raqamli sud” konsepsiyasi joriy etildi. Ushbu konsepsiya sud jarayonlarini samarali, tezkor va shaffof qilishga qaratilgan. Zamonaviy texnologiyalar yordamida sudlarda ish yurituvini optimallashtirish orqali sudlarga bo‘lgan ishonchni yanada oshirish, adolatni ta’minlash va fuqarolar uchun qulayliklar yaratish maqsad qilingan.
Sud tizimidagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Oliy sudda bo‘lib o‘tgan davra suhbatida sud hokimiyati va OAV o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, sud organlarining faoliyatini jamoatchilikka yetkazish, fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish va sud tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash maqsadida OAV bilan hamkorlikda turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali sud jarayonlarining samaradorligi oshirilmoqda. Bu jarayonda sud majlislarini audioyozuv bilan qayd etish, ishlarni avtomatik taqsimlash, ishtirokchilarni SMS xabarlar orqali xabardor qilish, sud qarorlarini onlayn taqdim etish kabi choralar ko‘rildi.
Sud tizimidagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash orqali fuqarolarning sudlarga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanmoqda.

Azimjon Jumayev,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi yordamchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun