74 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Date:

Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik subyektlarining qonuniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish va noqonuniy aralashuvlarning oldini olish maqsadida amaliy choralar ko‘rilmoqda. Bu borada tashkil etilgan maxsus Shtab faoliyati doirasida qonunbuzarlik holatlari tahlil qilinib, nazorat organlari ishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlar bilan o‘tkazgan navbatdagi onlayn qabulida mazkur masalaga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, tadbirkorlar faoliyatini qonunga zid ravishda tekshirgan 74 nafar mansabdor shaxs aniqlanib, ularga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rildi.

Qabul davomida shahar va tumanlar studiyalari orqali 55 nafar tadbirkorning 61 ta muammosi eshitildi. Ularni joyida hal etish maqsadida 25 dan ortiq mutasaddi rahbar mas’ul etib biriktirildi.

Shuningdek, avvalgi qabullarda bildirilgan murojaatlarning ijrosi, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka o‘rgatish hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshiriladigan vazifalar ham belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun