Bobolar tajribasi ila

Date:

Yoshi ulug‘larning nafaqat purma’no nasihat va tavsiyalarini eshitish foydali, balki ularning boy tajribalarini o‘rganish ham hayotimizni farovonlashtirib, turmushimizni nurli qiladi. Bandixon tumanining “Bahoriston” mahallasida yashovchi Panji bobo Pirmatovdan ham farzand-u nabiralarining, mahalla ahlining o‘rganadigan, ibrat oladigan jihatlari talaygina.
Otaxon tomorqasida 30 sotixli issiqxona tashkil qilinib, bu ular uchun mo‘may daromad manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu issiqxonada oilaning 8 nafar a’zosi band bo‘lib, yiliga 200-250 million so‘m daromad olishayotir. Bundan tashqari, tomorqaga salkam 200 tonnalik suv to‘plash hovuz tashkil etilgan bo‘lib, ekinlarni sug‘orishda umuman muammo vujudga kelmaydi.
Hozirda tomorqada bulg‘or qalampiri ekilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolar va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, hududdagi...

Har bir xonadon — e’tiborda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumani Duoba mahallasining...

Tursunzodada do‘stlik va qardoshlik tarannum etildi

Tojikiston Respublikasining davlat mustaqilligi 35 yilligi munosabati bilan Tursunzoda...

Sariosiyo delegatsiyasi Tojikistonda

Ayni paytda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligidagi delegatsiya...
KunTun
KunTun