Shohimardon ota yo‘qlovdan mamnun

Date:

Bugungidek tincha va osuda, dorilomon kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Ha, tinchlik, hurlik o‘z-o‘zidan kelgan emas. Ota-bobolarimiz qon kechib, jang-u jadallar kezib, qahramonlik ko‘rsatishgan. Hali-hamon ana shunday qahramonlar bilam hamnafas yashayotganimiz esa qalbimizni faxr-u iftixorga to‘ldiradi. Kechagi kunimiz bilan g‘ururlanib, ertamizga ishonchimizni oshiradi.
Ikkinchi jahon urushi — yurtimiz uchun ham katta yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi. Erishilgan g‘alaba esa 80 yilki, xursandchilik qilinadi, o‘tganlar yod etilib, urush qatnashilariga hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi. Bu yil ham 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar, kechalarga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rilgan.
Prezidentimizning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida huquq-tartibot, mudofaa va xavfsizlik idoralari rahbarlari Boysun tumanida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, faxriy Shohimardon Hamroyev xonadonida bo‘lishdi. Qahramonimizga Prezidentimizning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi va 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti hamda sovg‘alarni yetkazib berildi.
Uchrashuvda Shohimardon bobo urush yillaridagi og‘ir kunlar, hayotiy tajriba va xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. U tinchlik va osoyishtalikning bebaho ne’mat ekanini ta’kidlab, davlatimiz rahbariga urush qatnashchilariga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi.
Tadbir yakunida nuroniylar va yig‘ilganlar yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, Vatanimiz mustaqilligining barqaror bo‘lishi uchun ezgu tilaklar bildirib, duoga qo‘l ochdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun