Ijrosi muhim

Date:

Joriy yilning 7-may kuni davlatimiz rahbari raisligida tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini va ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida xizmatlar sifatini oshirish, dori vositalaridan samarali foydalanish hamda tibbiy ta’limni takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor. Ayni yig‘ilishda belgilangan vazifalarni joylarda samarali ijro etish maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, hududda tibbiyot sohasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif doirasida hokim tuman markaziy poliklinikasi, oilaviy poliklinikalar hamda shifokorlik oilaviy punktlari rahbarlari bilan ishchi uchrashdi.
Uchrashuvda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholiga yaqin va samarali tibbiy yordam ko‘rsatish, shifokorlar malakasini oshirish, shuningdek, birlamchi tibbiyot muassasalarini zamonaviy moddiy-texnika bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...

Mahallalar rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyatida og‘ir toifaga kiritilgan 114 ta mahallani kompleks...
KunTun
KunTun