Gandbolchilar bahsga tushishdi

Date:

Termiz shahrida joylashgan Surxon arenasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari oʻrtasida sportning gandbol turi boʻyicha mahalla uyushmasi kubogi musobaqasining ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda musobaqaga start berilib, o‘g‘il va qiz bolalardan tashkil topgan jamoalar g‘oliblik uchun bahsga tushishdi.
O‘yin qiziqarli va murosasiz o‘tdi. Mahoratlilarning imkoniyatlari kengaygan bo‘lsa, tayyorgarlikda sustkashlik qilganlarning omadi chopmadi. Asosiysi, musobaqada g‘olib ham, mag‘lub ham o‘zlari uchun kerakli xulosani chiqardilar.
Yigitlar o‘rtasida Denov tumanidagi “Shamolli” mahalla jamoasi, qizlar o‘rtasida esa Termiz shahridagi “Baynalminal” mahalla jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib bo‘lgan jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Oldingi sahifaMehr va umidga to‘la maskan
Keyingi sahifaIjrosi muhim

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolar va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, hududdagi...

Har bir xonadon — e’tiborda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumani Duoba mahallasining...

Tursunzodada do‘stlik va qardoshlik tarannum etildi

Tojikiston Respublikasining davlat mustaqilligi 35 yilligi munosabati bilan Tursunzoda...

Sariosiyo delegatsiyasi Tojikistonda

Ayni paytda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov boshchiligidagi delegatsiya...
KunTun
KunTun