Mehr va umidga to‘la maskan

Date:

Mamlakatimizda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni oilaviy muhitda tarbiyalash va mehr-muruvvat bilan o‘rab olishga qaratilgan islohotlar natijasida Oilaviy bolalar uylari tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu tizim mehr va e’tiborga muhtoj bo‘lgan oilasiz bolalar uchun yangi umid eshigini ochib, ularning sog‘lom va baxtli hayot kechirishlariga xizmat qilmoqda. Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Qorayontoq” mahallasida yangi tashkil etilgan “Asilabonu oilaviy bolalar uyi” ham ana shunday ezgu maqsad yo‘lida faoliyat olib bormoqda.

Bolalar uyidagi bolalarning 4 nafari qiz bola. Qizlarning munosib xulq-atvorda, fazilatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun ota-onalar bor mehr va e’tiborini berish bilan birga barcha shart-sharoitlarni ham yaratishgan. Qizlarning har biri o‘ziga xos qiziqish va iste’dod sohiblaridir. Bichish-tikish, hunarmandchilik va san’at turlarini o‘rganish bilan birga, qo‘llari shirin pazanda hamdir. Bu esa atrofdagilarning havasi va hurmatini oshirish bilan birga, eng yaxshi ibrat namunasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun