“Digital Olmazor” loyihasi amalda

Date:

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Olmazor tumanidagi 10 ta maktabda robototexnika va IT xonalari tashkil etilib, ularning faoliyati kengaytirilib, barcha tumanlar hokimlariga bu tajribani o‘rganib, ommalashtirish, o‘z hududida 5 tadan maktabni shunday laboratoriyalar bilan jihozlash topshirigʻi berilgan edi.
Ayni topshiriqqa javoban Sariosiyo tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabida homiylar yordamida robototexnika va IT xonalari tashkil etilib, maktabda 30 dan ortiq yosh IT sohasi bo‘yicha bilim olib, amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda.
Yoshlar ishlari agentligining vazirlik va idoralar bilan ishlash bo‘limi ma’sul xodimi D.Xoljigitova hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i T.O‘zbekov ushbu maktabda tashkil etilgan robototexnikalar, IT xonalari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mas’ullarga bu boradagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun