Tartib yengillashtirildi

Date:

Pensiyaga chiqish yoshiga yetganlarni hujjatbozlik ishlari anchayin sarson qilishi mumkinligi o‘ylantirishi bor gap. Qonunlar, ularning ijrolari esa bu boradagi sarsongarchilikka chek qo‘yib, tartibni yengillashtirishga xizmat qiladi.
Pensiya olish yoshiga to‘lgan (erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yosh) fuqarolarga yoshga doir pensiyani ularning alohida murojaatini talab etmagan holda tayinlash tartibi belgilanyapti. Qonun loyihasi senatorlar tomonidan ma’qullandi. Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida «Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqildi.
Mazkur qonun aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Qonun bilan aholiga pensiya tayinlash tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini faol tatbiq etgan holda, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunga pensiya olish yoshiga to‘lgan (erkaklar 60 yosh, ayollar 55 yosh) fuqarolarga yoshga doir pensiyani ularning alohida murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibini belgilashga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Mazkur tartib amaliyotga tatbiq etilishi natijasida fuqarolardan pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmasiga yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish talab etilmaydi. Bundan tashqari, pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida pensiya tayinlash haqida qaror qabul qilinganida ularning telefon raqamlariga pensiya tayinlanganligi va uning miqdori to‘g‘risida sms xabar yuboriladi.
Senatorlarning fikricha, belgilanayotgan normalar fuqarolarga pensiya ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirishga hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etilishiga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Oldingi sahifaYo‘qlov
Keyingi sahifaSevinch bo‘sh kelmadi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi xususiy maktab xizmatga shay

Denov tumanida ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam...

Mis qayta ishlanadi

Uzunda mis qazib olish va qayta ishlash loyihasini amalga...

Jarqo‘rg‘onda 1 000 ta ish o‘rni yaratiladi

Xorijiy investorlar va kompaniyalar delegatsiyalari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi...

Basaltdan mineral vata ishlab chiqariladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov investorlar bilan navbatdagi uchrashuvlarni...
KunTun
KunTun