Yo‘qlov

Date:

Urush xayolot olamimizda qo‘rqinchli tarzda taassurot qoldirgan. Ammo bobolarimiz urushni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Qo‘llariga qurol ko‘tarib, dushmanga qarshi chiqishdi. Jon olmaslik, o‘z jonini berishdir. Shunday ekan, yashab qolish uchun ham jon olganlarning sanoqlilarigina oramizda hali ham hayot.
Ha, Ikkinchi jahon urushi yillarida Surxondaryo viloyatidan 53 365 nafar mard va botir o‘g‘lon frontga jo‘natilgan. Ularning 11 ming nafardan ortig‘i jang maydonlarida halok bo‘lgan. Bugungi kunda viloyat bo‘ylab tinch va osuda hayot kechirayotgan urush qatnashchilariga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatilmoqda, shuningdek, jang-u jadallarda halok bo‘lganlar xotirasi e’zozlanmoqda.
Boysun tumanida istiqomat qiluvchi 104 yoshli Shohimardon Hamroyev ham urush ko‘rgan. U Ikkinchi jahon urushi faxriysi. Bir guruh yoshlar otaxon holidan xabar olib, qahramonning urush bilan bog‘liq boshidan kechirganlarni tinglashdi.
Shohimardon bobo ko‘rsatilayotgan e’tibor va ehtirom uchun minnatdorlik izhor etib, Yangi O‘zbekistonga tinchlik va ravnaq tilab duo qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...

Kubok o‘zimizda qoldi

Termiz shahrida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari yakunlandi. Mamlakatning...
KunTun
KunTun