Xotin-qizlar maskani xizmatga shay

Date:

Bandixon tumanida Oila va xotin-qizlar maskani foydalanishga topshirildi. Maskanning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo’mitasi raisi Z.Mahkamova, xotin-qizlar faollari, jamoatchilik vakillari ishtirok etib, maskanda faoliyat yuritadigan o‘quv mashg‘ulotlari, tibbiy, psixologik, huquqiy maslahatxonalar, kasb-hunar va tadbirkorlik bilimlarini o‘rgatuvchi kurslar haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Oila va xotin-qizlar maskanida nikohlanuvchi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaning qonuniy asoslarini mustahkamlash, mas’uliyatli ota-onalik g‘oyasini singdirish, oilaviy munosabatlarda har xil muammolarga duch kelayotgan oilalar va ularni a’zolarining huquqiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirish, oilalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashga ko‘maklashish, tadbikorlik ko‘nikmalariga o‘qitish faoliyatlari olib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun