Loyihalar amaliyotga tatbiq etilmoqda

Date:

Tadbirkorlik muhitini yaratish maqsadida qulay sharoitlar va imkoniyatlar mavjud. Ayni qoʻllab-quvvatlovlar natijasida hududlarda ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu esa daromadli va doimiy ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifi davomida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan qator loyihalar faoliyati bilan tanishdi.

Jumladan, Termiz tumanidagi “Namuna Elegant Agro” MCHJ tomonidan tashkil etilayotgan tomorqa maktabi, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish va issiqxona xo‘jaligi faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, Angor tumanidagi “Export Brend Termiz” MCHJda xo‘jalik mollari, bir martalik idishlar va simli to‘siqlar hamda Termiz shahridagi “Blak Plast” MCHJda plastik quvurlar va polietilen mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida tadbirkorlarga faoliyatni kengaytirish, mahsulot turlarini va ishlab chiqarish hajmini oshirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi. Ularni qo‘llab-quvvatlash borasida mutasaddi tashkilotlar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘g‘irchoq teatri gastrol safarida

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrining ijodiy jamoasi Qashqadaryo viloyatiga gastrol...

Talabalar tantanali kutib olindi

Termiz davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan...

Chorva soni 1 ming boshdan oshdi

Muzrabot tumanining Fidokor mahallasida tadbirkor Zokir Suvonov tashabbusi bilan...

Ilk qadamdan katta marralar sari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 2026/2027-o‘quv yili “Bir...
KunTun
KunTun