Afv etilganlar ijtimoiy hayotga faol jalb etilmoqda

Date:

Prezidentimizning Ramazon hayiti munosabati bilan imzolagan Farmoni asosida, jinoyat sodir etganiga qaramay chin dildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslar afv etilgan edi. Avf etilganlarning 24 nafari Surxondaryo viloyatidan. Ular oilasi bag‘riga qaytib, oʻzlari uchun ikkinchi imkondan foydalanishni boshlashdi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu fuqarolar bilan uchrashib, afv etilganlarga sog‘lom turmush tarzini olib borish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish va islohotlarda faol ishtirok etish zarurligini ta’kidladi.

Tegishli tashkilotlarga afv etilgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, ishga joylashtirish, sog‘lig‘ini tiklash hamda moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash vazifalari yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun