Pasporti QR-kodli bo‘ladi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabrdan har bir qurilayotgan obyektning QR-kodli pasporti joriy qilinadi. Bu orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, shaharsozlik hujjatlari va tasdiqlangan ekspertiza xulosalari haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, ko‘p kvartirali uylardagi joylarni, shuningdek, yerto‘lalarni qayta qurish va qayta rejalashtirishda shaharsozlik normalarini buzgan holda ko‘p kvartirali uyning konstruktiv qismlari va tayanch devorlariga o‘zgartirish kiritish, buzish hamda binoning zilzilaga bardoshliligiga salbiy ta’sir qiladigan ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
2025-yil 1-iyuldan barcha ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlari majburiy tarzda shartnoma asosida texnologik auditdan o‘tkaziladi. Bosqichma-bosqich hududiy inspeksiyalarda Qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazi tashkil etiladi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda mobil videokameralar (bodikamera) va maxsus planshetlardan foydalaniladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar “Munozara”da faol

Termiz davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Munozara”...

Jabrlanganlarga amaliy yordam ko‘rsatildi

Oltinsoy tumanining “Karasagan” mahallasida yuzaga kelgan sel oqibatida zarar...

Folklor jamoalar bir sahnada jam

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasidagi ko‘rik-tanlov qizg‘in davom...

Non sayliga marhamat

Boysun tumanida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Boysun bahori” festivali...
KunTun
KunTun