415 nafar sportchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Date:

Paralimpiyachi yosh sportchilarni nogironlik darajasi bo‘yicha belgilangan minimal talabga mosligi va mavjud nuqsoniga ko‘ra, sport klasslariga ajratish jarayoni davom etmoqda. Paralimpiya terma jamoasi bosh shifokori, Xalqaro toifadagi klassifikator Nodirjon Tursunov o‘z jamoasi bilan kuni kecha Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
2 kun davomida Termiz Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida viloyatdagi barcha para sportchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Viloyatning barcha shahar va tumanlarida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxati adaptiv sportning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan shakllantirilib, 415 nafar sportchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yopilgan yo‘l ochildi

Sho‘rchi tumanidagi fuqarolar qabulida ko‘tarilgan masala amaliy yechim topdi. “Ibn...

Birlashib, buyuk tarix yaratamiz

Sariosiyo tumanida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari bo‘lib o‘tdi. Denov tadbirkorlik...

Ustozdan munosib natija

Gruziyaning Tbilisi shahrida para dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati davom...

2500 metr balandlikdagi yer ilk hosilini berdi

Boysun tumanining Qizilnavr mahallasi Kengdala qishlog‘ida, dengiz sathidan 2500...
KunTun
KunTun