24/7 rejimda…

Date:

Surxondaryo viloyatida investorlar va eksportyor korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash maqsadida viloyat hokimi tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Termiz shahridagi “San’at saroyi”da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda iqtisodiyot va investitsiya kompleksiga tegishli tashkilotlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va shahar hamda tuman hokimlari ishtirok etdi.

Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot davomida tadbirkorlarning murojaatlari, mavjud muammolari va hal etilishi lozim bo‘lgan masalalari, shuningdek, ularning yangi tashabbuslari tinglandi. Har bir masala yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, viloyat hokimining investorlar va eksportyor tadbirkorlar bilan doimiy aloqasini ta’minlash maqsadida maxsus aloqa boti ishga tushirilishi va 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi shtab tashkil etilishi belgilandi.

Aloqa boti va shtabning ish rejimi, bog‘lanish raqamlari hamda manzillari rasmiy manbalarimiz va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun