Loyihalar ijrosi nazoratda

Date:

Surxondaryo viloyatida sanoat va tadbirkorlik zonalarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun qulay biznes muhitini shakllantirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qator yirik investitsion loyihalar joriy etilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, Termiz shahridagi  “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida loyihalarni amalga oshirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi hamda mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, Angor tumanidagi “Kattaqum” mahallasida “Stone City Energy” kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan 1 530 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasining qurilishi ham o‘rganildi. Tashrif davomida xorijiy pudratchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Shu yerda tuman rahbarlari “Taraqqiyot yoshlar zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat ko‘rsatkichi muhim

Pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar bilimini tashqi diagnostikadan o‘tkazish...

Yoshlar fikri islohotlar markazida

“Yuksalish” harakati va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar...

Kitob keldi ko‘z o‘ynatib, miya qaynatib…

Tirnoqlari hamisha kirlanib yuradigan odamni taniysizmi? Unga na issiq...

Oltmish yillik hayajon

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu...
KunTun
KunTun