Pillakorlar marradan o‘tdi

Date:

Ipak qurti boqish mavsumi pillachilar uchun qizg‘in va mas’uliyat talab etadigan jarayon. Bunda ko‘plab ishsizman degan borki, ish bilan band bo‘lishi, daromad topishi mumkin. Faqatgina zahmatkash ipak qurtining injiqliklariga, boqish texnikasiga amal qilishning o‘zi kifoya.
O‘tgan qisqa muddat ichida viloyat miqyosida ipak qurti urug‘lari tarqatilib, so‘ichaklar tayyorlandi. Ipak qurtlarini parvarishlash, siyraklatish ishlari amalga oshirildi. Ko‘plab ishchi guruhlari mehnat qilib, topshirilgan shartnoma rejasini uddalashga urinishdi. Yetakchilikni qo‘ldan bermagan Muzrabot va Qumqo‘rg‘on tumanlarining pillakorlari respublikada birinchilardan bo‘lib shartnoma majburiyatlarini ortig‘i bilan bajardilar. Ular tomonidan qabul punktlariga 355 tonnadan ortiq “kumush tola” yetkazib berildi.
Pillakorlar serhosil, iqlim sharoitiga mos, kasalliklarga chidamli mahalliy navlardan 6 227 quti ipak qurti parvarishlab, har qutidan o‘rtacha 56-57 kilogramdan hosil oldi.
Viloyatda qabul punktlariga pilla hosilini topshirish davom etmoqda.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun