“Tortuli”dan yangi tadbirkor chiqdi

Date:

Kishining yoshi va ko‘rinishiga emas, fe’l-atvori, qilayotgan amaliga qarab berilgan baho eng to‘g‘ri baho bo‘lsa kerak. Sariosiyo tumanining “Tortuli” mahallasida yashovchi Sabina Yo‘ldosheva katta hayot ostonasida o‘zining ilk odimlarini tashladi. 19 yoshli qiz tuman hokimining qabulida tadbirkorlik qilish istagi borligini aytib, imtoyozli kredit so‘radi. Albatta, tajribasiz yoshga imkoniyat berildi.

Aytish kerakki, shijoatli qiz ajratilgan kredit mablag‘iga qisqa muddatlarda tikuvchilik sexi va kelin liboslari saloni faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Sabina tortuliliklar uchun arzon va sifatli kiyim-kechaklar va kelin liboslarini taklif qilib, o‘z ishida muvaffaqiyatga erishishni maqsad qilgan. Bu maqsad yo‘lida mahalladagi 5 nafar ishsiz ishli bo‘lib, yosh tadbirkorga ko‘makka shay bo‘lib turibdi.

Ushbu tikuv sexi va kelin liboslari salonining ochilish marosimiga mahallaning yosh-u keksasi tashrif buyurib, Sabinaning quvonchiga sherik bo‘ldilar. Ko‘pni ko‘rgan nuroniy otaxonlar qo‘llarni duoga ochib, boshlanajak ishning rivojini tilashdi.

S.Normurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun