Iste’dodlar e’tibordan chetda qolmasin

Date:

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va san’atga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish madaniy-ma’rifiy ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bunday uchrashuvlar yoshlar uchun o‘z qobiliyatini namoyon etish, tajriba almashish va yangi imkoniyatlar sari intilish maydoniga aylanadi.

Surxondaryo viloyatida davom etayotgan «Ma’rifat haftaligi» doirasida Uzun tumanidagi 23-sonli musiqa va san’at maktabida «Iste’dodlar davrasi» loyihasi asosida madaniy-ma’rifiy tadbir hamda mahorat darslari tashkil etildi.

Unda «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, yosh ijodkorlar, xonandalar, sozandalar hamda san’atga qiziquvchi iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida yoshlar o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyish etib, ijodiy tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va iste’dodlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Iste’dodlar e’tibordan chetda qolmasin

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va...

Ma’naviy immunitet — davr talabi

Bugungi globallashuv va shiddatli axborot almashinuvi davrida yoshlarning mustaqil...

Denovlik o‘quvchilar ekologik tashabbusi e’tirof etildi

Bolalarning ekologik huquqlarini ta’minlash, yosh avlodda tabiatga mas’uliyatli munosabatni...

Jadidlar izidan borayotgan yoshlar

Tarixni anglash, milliy ma’rifatparvarlik merosini o‘rganish va yosh avlodda...
KunTun
KunTun