Surxondaryo delegatsiyasi Qashqadaryoda bo‘lib qaytdi

Date:

Muvaffaqiyatning siri bilim-salohiyat, tinimsiz harakat va mehnatda deb bilish yaxshi natija beradi. Ana shunday omadli faoliyat tajribani boyitadi. Bunday tajribani o‘rganish, ommalashtirish lozim. Ayni shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Fayzulla Mamanov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib qaytdi.

Aytish kerakki, qo‘shni viloyatda o‘z faoliyatini boshlagan hokim yordamchilari faoliyati e’tibor va e’tirofga sazovor. Tajriba almashishni maqsad qilgan vohamiz delegatsiyasini Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Alisher Qodirov hamda bir guruh mas’ullar kutib oldi. Mehmonlar keliboq Qarshi tumanidagi “Abu Muin Nasafiy” ziyoratgohini ziyorat qildilar. Shundan so‘ng, Kasbi tuman Qamashi qishlog‘ida qaytadan bunyod etilgan “Obod mahalla markazi”da bo‘lib, u yerda yaratilgan xizmat ko‘rsatish sohasi, sport, monomarkaz, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish markazlaridagi shart-sharoitlar hamda ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Koson tumanidagi aholi xonadonlarida chorvachilik sohasida amalga oshirilgan ishlar maqtashga arzigulik. Delegatsiya a’zolari bevosita xonadonlarda bo‘lib, soha yutuqlari bilan tanishgach, mehnatkashlar o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Qashqadaryoda hokim yordamchilari bosh qo‘shgan qay sohaga boqmang, o‘zgarishlarni sezish mumkin. Xalq bandligi ta’minlanib, yashash sharoitlar tubdan yaxshilangani haqida to‘lqinlanib so‘zlayapti. Demak, hokim yordamchilari o‘zlariga yuklangan vazifani to‘laqonli uddalayapti hamda xalq ishonchi va mehrini qozonishga sazovor bo‘lib ulgurgan.

Katta taassurotlar bilan boshlangan safar nihoyasiga yetib, Surxondaryoga qaytgan mas’ullardan amaliy tashabbuslar kutib qolamiz.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun