47 ta obyekt foydalanishga topshirildi

Date:

Yurtimizda keng nishonlanayotgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyatida aholi turmush darajasini oshirish va ijtimoiy soha rivojiga xizmat qiluvchi 47 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi.

Jumladan, Termiz shahrida 86,4 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan “Tibbiyot klasteri” ishga tushirildi. Ushbu zamonaviy tibbiyot majmuasi 300 o‘rinli tibbiyot markazi, 450 o‘rinli o‘quv xonalari va konferensiya zaliga ega bo‘lib, yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatini yaratishi bilan birgalikda viloyatning oliy ma’lumotli shifokorlarga bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Shuningdek, aholining uzoq hududlarga borish zaruratini qisqartirib, yiliga 14,5 milliard so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi.

Tadbir davomida viloyat hududlarida onlayn formatda “Tashabbusli byudjet” dasturining ikkinchi mavsumi doirasida bunyod etilgan 31 ta ijtimoiy obyekt, jumladan, 17 ta maktab, 9 ta tibbiyot muassasasi, 2 ta Oliy ta’lim muassasasi, 2 ta sport inshooti, 1 ta ijtimoiy himoya binosihamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 15 ta mahallada sug‘orish tizimlari yangilanib, foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov yig‘ilganlarni Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklab, ushbu yangi loyihalarning xalq farovonligini ta’minlashga qaratilganini ta’kidladi. Tadbirda shuningdek, viloyat faollari, nuroniylar, tibbiyot sohasi mutasaddilari hamda hududiy studiyalar orqali jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun