Uloq-ko‘pkarida g‘oliblar aniq

Date:

“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Jarqo‘rg‘on tumani “Qo‘shtepa” mahallasi adirliklarida uloq-ko‘pkari musobaqalari oʻtkazilganidan xabaringiz bor. Aytish kerakki, bahslar shiddatli va zavqli o‘tdi.

Chavandozlar maktabi, Qorabayir mahorat maktabi, Milliy gvardiya hamda Mudofaa boshqarmalari, Termiz shahri va va tumanlar chavandozlaridan iborat 16 ta jamoaning har birlari kuchli, abchir, chobagʻon edi. Har birlari gʻoliblikka chin daʼvogar. Ana shunday shiddatli jarayonni kuzatish ham tomoshaga kelganlarning zavqini oshirdi.

Uloq-ko‘pkari musobaqasi yakunida g‘oliblar aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, “Surxon-1” jamoasi birinchi oʻrinni egalladi. G‘oliblarga pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali topshirildi.

Musobaqa yakunida barcha chavandozlar ishtirokida olomon bahslari ham o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bepul reabilitatsiya imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va protezlash markazlariga yo‘llashning...

Mehnat qadri – e’tibor va rag‘batda

Madaniyat sohasi vakillari xalqning ma’naviy merosini asrash, milliy qadriyatlarni...

Pul o‘tkazmalarida yangi tartib

2026-yil 16-noyabrdan masofaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish xavfsizligiga oid yangi...

Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati va...
KunTun
KunTun