Daxldorlik hissi bilan yashasak…

Date:

Yurtimizda, xususan, yon-atrofimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangilanishlar-u yaratilayotgan shart-sharoitlar inson, xalq uchun. Bunga javoban biz ham munosib bo‘lishga intilishimiz lozim. Ko‘chalar obod, yo‘llar ravonmi, demak risoladagidek yo‘lovchiga aylanaylik, chiqindi tashlamaylik, gul-u maysalarni uzmaylik, tiriklikka zarar yetkazmaylik.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham hududlarga tashrif buyurib, kerakli topshiriq va vazifalarni berar, ijrosi bilan qiziqar ekan, bu kuyunchaklik ortida ko‘pning manfaati yotishini unutmaylik. Bu safar ham viloyat rahbari Termiz shahrining “Tuproqqo‘rg‘on” va “O‘zbekiston” mahallalarida infratuzilma holati, obodonlashtirish ishlari hamda avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi.
Shahar rahbarlari hamda mahallalar “yettiligi” amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash uchun rejalashtirilgan loyihalarni taqdimot qildi.
Mutasaddilarga yo‘l va yo‘laklarni ta’mirlash, piyodalar uchun xavfsiz sharoit yaratish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda noqonuniy qurilishlar, infrastrukturaga ziyon yetkazgan qazish ishlarini bartaraf etish hamda ushbu holatlarni sodir etganlarga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rish vazifalari topshirildi.
Shundan so‘ng, Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlarga asosan tadbirkorlar bilan muloqot qilish va muammolarini o‘rganish maqsadida Termiz tumanida joylashgan “Termez National Carpets” MCHJning gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurildi. Tadbirkorlar bilan faoliyatidagi mavjud muammolar tinglandi hamda mutasaddilarga ularni hal etish, korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Iqtidor e’tirofi – munosib yutuq

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich...

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...
KunTun
KunTun