Ustozga ehtirom

Date:

Surxon vohasidan chiqqan sanʼatkorlarimiz sanoqlidir, ammo oʻz ovozi, uslubi va yoʻnalishiga ega ekani bilan xalqimiz qalbidan joy olgan. Ularni tinglaymiz, qoʻshiqlarini xirgoyi qilib, doimo eʼzozlaymiz. Ana shunday sanʼatkorlardan biri Surxondaryo viloyati sanʼat saroyi binosida Ravshan Namozovdir.

O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Surxondaryo viloyati bo‘linmasi ijodiy jamoasi tomonidan ustoz sanʼatkor Ravshan Namozov xotirasiga bag‘ishlangan “Ustozlarga ehtirom” nomli yillik hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga Termiz iqtisodiyot va servis universitetining 300 nafar talabalari faol ishtirok etdi.

Konsert davomida taniqli ustoz sanʼatkorlarning ijodi, yorqin xotirasi hurmat bilan eslandi. Ijodiy jamoa tomonidan milliy va zamonaviy qo‘shiqlar, raqslar hamda musiqiy kompozitsiyalar taqdim etildi. Bu tadbir nafaqat sanʼatsevarlarga, balki yoshlarga ham estetik zavq ulashib, ularning madaniy va maʼnaviy rivojlanishiga hissa qo‘shdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun