Mikro GES ishga tushirildi

Date:

Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizning qator hududlarida quyosh va shamol elektr stansiyasi, yuqori kuchlanishli podstansiya, yirik saqlash tizimi, zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi hamda kichik GESlar ishga tushirildi. Xususan, Surxondaryo viloyatida quvvati 550 KVt bo‘lgan Qumqo‘rg‘on mikro GESi foydalanishga topshirildi.

Loyiha qiymati 800 ming AQSH dollari bo‘lgan mazkur mikro GES yillik 2,7 million KVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mazkur mikro GESning ishga tushirilishi natijasida 950 ta xonadon “yashil” energiya bilan ta’minlanadi va 4 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, yillik o‘rtacha 730 ming m3 gaz iqtisod qilinishiga erishiladi. Inshootning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda soha mutasaddilari, faollar va nuroniylar ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zamonaviy agrotexnologiyalar asosida

Angor tumanida qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish, eksportbop mahsulotlar...

Zamonaviy va qulay muhiti sari

Prezidentimiz farmoni asosida mamlakatimiz bo‘ylab aholining uy-joy sharoitini yaxshilash,...

Bahodir Jalolov 16-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Yurtimiz faxri, ikki karra Olimpiya chempioni va professional boksning...

Yaponiya grant ajratdi

Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni bog‘chalarga qamrab...
KunTun
KunTun