100 baldan 100 ball olishdi

Date:

Respublikamizning barcha hududlarida fan olimpiadalari o‘tkazilib, bilimlar sinovdan o‘tkazilganidan xabaringiz bor. Olimpiadaning Surxondaryo viloyat bosqichi ham alohida tayyorgarlik va yuqori saviyada o‘tkazildi. Eng asosiysi, bilimli, salohiyatli yoshlar keying bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.
Aytish kerakki, sinovlar adolatli va shaffof tarzda o‘tkazildi va baholandi. Bilimli yoshlar yuqori natijalarni qayd etdilar. Quvonarlisi, 100 ballik sistemada 100 balni qo‘lga kiritganlar ham bir emas, bir necha nafarni tashkil etdi.
Asosiy fan olimpiadasining viloyati bosqichi natijalariga ko‘ra, 5 nafar o‘quvchi berilgan barcha sinovlardan mufavvaqiyatli o‘tib, maksimall 100 ball egasi bo‘lishdi. Termiz tumanidagi 30-maktab o‘quvchisi Marjona Jumayeva tarix fanidan, Ichki ishlar vazirligi akademik litseyi talabasi Sherzod Axmadov huquqshunoslik fanidan yuqori natijani qayd etdi.
15 ta fan bo‘yicha jami g‘oliblar soni 135 nafarni tashkil etgan bo‘lib, 45 nafar 11-sinf o‘quvchilari olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun