Ta’lim sifatli tashkil etilsa…

Date:

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarga enagalik qiladi deb o‘ylagan adashadi. U yerlarda bolajonlar vaqtlarini mazmunli o‘tkazishadi, bilim va tasavvurlarini boyitishadi. Ertaklar olamiga sayohat qilib, sport harakatlari, mashg‘ulotlari bilan band bo‘lib, tanlarini-da chiniqtirishadi. Albatta, buning uchun har bir maktabgacha ta’lim tashkilot munosib jihozlangan, yetarli moddiy-texnik bazasi bilan ta’minlangan bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, tajribali, salohiyatli kadrlar jalb etilishi ham muhim sanaladi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, birinchi navbatda, ishni “Azlarsoy” mahallasidagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining mavjud sharoitlari bilan tanishishdan boshladi. Shundan so‘ng, Qumqo‘rg‘on tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom ovqatlantirish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etish borasidagi vazifalar belgilab berildi.
Viloyat rahbari tumanga tashrifi yakunida 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat Pedagogik mahorat markazi faoliyati va kelgusidagi rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Markaz tomonidan joriy yilda 22 816 nafar o‘qituvchilar, 688 nafar bog‘cha tarbiyachilarining malakasini oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichlar bajarilishi qayd etildi. Shuningdek, shu yerning o‘zida tumandagi umumta’lim maktablari direktorlari bilan ta’lim sifatini oshirish, kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilinib, tajribalari pedagog-rahbarlarning takliflari tinglandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun