Yangi vazifalar yuklandi

Date:

Mamlakatimizda aholi farovonligini ta’minlash, turmush tarzini yaxshilash, kambag‘allikdan farovonlik sari intilish maqsadida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlikka qiziqishi baland yoshlar hamda migratsiyadan qaytgan yoshlarga kasb-hunar o‘rgatish, bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov rahbarligida Angor tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalar “yettiligi” faoliyati hamda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi, migratsiyadan qaytgan fuqarolar bilan ishlash yuzasidan berilgan vazifalar ijrosi bilan tanishishdi. Ushbu topshiriqlar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglanib, sohalar, tarmoqlar va hudud rahbarlariga qator vazifalar belgilab berildi.


Shundan soʻng, “Qorasuv” mahallasida “Gʻijduvon tajribasi” asosida tashkil etilgan sanoat binosida “Afsona-Maxbuba” OKning milliy shirinliklar ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi. Mazkur sanoat binosining ikkinchi qavatida savdo kompleksi, uchinchi qavatida oʻquv markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Oilaviy korxonada xotin-qizlarning bandligi taʼminlanganligi, bu kabi faoliyat turlarini yanada kengaytirish lozimligi qayd etildi.
Tashrif soʻnggida viloyat rahbari “Yangiobod” mahallasida yaqinda migratsiyadan qaytgan Nargiza Panjiyevaning xonadonida boʻlib, oilaviy sharoitlari bilan tanishdi hamda mavjud muammolarini oʻrgandi. Mutasaddilarga fuqaroning bandligini taʼminlash, yashash sharoitlarini yaxshilashga koʻmaklashish yuzasidan vazifalar yuklandi.

D.Qo‘zimurotova

Oldingi sahifaUzun-u Sherobodda…
Keyingi sahifaKiyimchalar

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi islohotlar...

Jasorat unutilmaydi

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini...

Muammoli kreditlar nazoratda

Surxondaryo viloyatida muammoli kreditlarni undirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga...

“Boysun bahori”da milliy o‘yinlar jo‘sh urmoqda

Bugun Boysun bahori xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni bo‘lib,...
KunTun
KunTun