Uzun-u Sherobodda…

Date:

Har birimiz o‘z uyimizni, oilamizni sevganimiz, qadrlaganimiz sayin, vatanga bo‘lgan muhabbatimiz ham mustahkamlanib boradi. Shuni aytishadi-da, vatan ostonadan boshlanadi deb. Haqiqiy er yigit, vatanini sevuvchi insonlar esa yurt koriga yarashni, vatan xizmatiga kamarbasta bo‘lishni o‘ylaydi. O‘z taqdirini, kelajagini ona yurt bilan bog‘laydi. Yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida maktab-u mahallalarda vatanparvarlik tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Termiz harbiy prokurorining yordamchisi Daler Rahmatillayev tomonidan Uzun tumanining olis hududlarida joylashgan “Bobotog‘”, “Jonchekka”, “Xo‘jaqulsin” va “Tolto‘g‘ay” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun ham vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi. Unda mazkur mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Ana shunday tadbirlari Sherobod tumanida ham davom etdi. Tumandagi 45-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbir barchada katta qiziqish uyg‘otdi. O‘quvchilar ham faol ishtirok etib, kamondan o‘q otib, nishonga tekkizishgan bo‘lishsa, ba’zi ko‘ngillilar quroldan o‘q otdilar. Shuningdek, favqulotda vaziyatlarda inson o‘zi va atrofdagilarni qanday himoya qilish, qanday yo‘l tutish borasida ham kerakli tushuncha va tavsiyalarni oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun