4-sektorda ish qizg‘in…

Date:

Ba’zan bir daraxt ko‘chatini ekish o‘rniga hech kim ko‘rmayapti-ku deya ko‘zdan uzoq daraxtlar bag‘riga bolta uramiz. O‘tin bo‘lsa, tandirni oqartirar yoki uyni qizdirar deya o‘g‘rincha g‘amlaganlarimiz qancha. Hech kim ko‘rmas, ammo tiriklikka bunday munosabat, vijdon so‘rog‘i oldida javobimiz tayinmikan?
Shukrlar bo‘lsinki, shunday insonlar ham borki, ezgu niyat ila urug‘ qadaydi. Kun kelib o‘sha nihol gurkirab-yashnaydi, mevasi va soyasi ila el ko‘nglini hushnud etadi. Uning savobi esa ekkanga ikki dunyo saodatini beradi.

Uzun tuman DSI boshlig‘i 4- sektor rahbari Sh. Qosimov ham ana shunday savobli ishni boshlab yubordi. Uning tashabbusi bilan “Bahoriston” mahallasining Oxunboboyev ko‘chasida 480 metrli voish usulidagi uzumchilik ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotir.
Shu kunga qadar 700 metrli ko‘chadagi yog‘och ustunlari zamonaviy beton ustunlariga almashtirildi. Kun kelib, uzumlar soyasi va mevasi bilan mahalla ahlini shod etadi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

57 yillik orzu ro‘yobga chiqdi

Muzrabot tumani markazidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan "Qorakamar" qishlog‘i...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Muzrabot tumanining Chegarachi mahallasidagi 29-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv...

Yoshlar sog‘lom hayot sari chorlanmoqda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz”...

Surxondaryoda iqtisodiy taraqqiyot jadallashadi

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi 16...
KunTun
KunTun