“Qog‘ozsiz bir kun”

Date:

Baʼzi sohalar borki, ishini qogʻozsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Bu-ku mayli, qoʻlimizga qogʻoz va qalam boʻlsa, darrov nimanidir qoralashga, ermakka chizishga, hech boʻlmaganda, oʻz imzomizni qoʻyishga harakat qilamiz. Ammo bilmaymizki, bir varaq qogʻoz uchun qancha vaqt, mehnat ketishini.

Bilmasangiz bilib oling, statistikaga ko‘ra, bitta standart zichlikdagi A4 ofis qog‘ozini ishlab chiqarish uchun kamida 13 gramm yog‘och kerak bo‘ladi. 500 varaqdan iborat bir quti uchun esa olti kilogramdan ortiq yog‘och zarur.

Ofis qog‘ozining yillik iste’moli uchun 700 milliondan ortiq daraxt kerak. Har bir ofis ishchisiga yiliga 160 kilogramgacha qog‘oz chiqindilari to‘g‘ri keladi. Shunday ekan, qogʻozni oʻylab sarflashimiz tabiatga, ekologiyaga ham taʼsir etadi.

Termiz shahrida “Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasi tashkil etildi. Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda Termiz davlat universiteti hamkorligida boshlangan aksiya doirasida talabalar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.

Ijtimoiy so‘rovnoma  oʻzbek filologiyasi fakulteti 1-kurs talabalari tashabbusi bilan olib borildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

437 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar...

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...
KunTun
KunTun