Xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov joriy yilning 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga o‘tkaziladigan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan, ayni vaqtda vohamizda bo‘lib turgan YEXHT DIIHB uzoq muddatli kuzatuvchilari Xaynek Kristian Oliver hamda Erdenebat Sengelni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida viloyatimiz rahbari xalqaro kuzatuvchilarni vohamizga tashrifi bilan qutlab, so‘ngi yillarda Surxondaryoda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, xususan, YEXHT bilan hamkorlik aloqalari haqida to‘xtaldi.
Mehmonlar davom etayotgan tashriflari davomida, saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishib, yuqori saviyada hozirlik ko‘rilayotganligini, so‘nggi yillarda saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha muayyan tajriba to‘planganini qayd etishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehr va mehnat uyg‘unlashgan maskan

Nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishi va...

Mehrimohdan ishonchli g‘alaba

Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va sportga keng jalb etish o‘z...

Ilmiy meros yana boyidi

Ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish...

Muhofazasi kuchaytirilmoqda

Tabiatni asrash va biologik xilma-xillikni saqlab qolish bugungi kunning...
KunTun
KunTun