Voleybol bo‘yicha viloyat birinchiligi…

Date:

Sport har bir yoshni jismonan chiniqtiradi, vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi. Yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni kashf etib, ularning mahoratlarini oshirish maqsadida doimiy ravishda sport musobaqalari tashkil etilib kelinayotir.
Bandixon tumanidagi sport maktabida ham sportning voleybol turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida U-19 viloyat chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada g‘oliblik uchun viloyatimizning shahar va tumanlaridan 12 ta jamoalar kurash olib borishdi.
Aytish kerakki, musobaqa qizg‘in tus oldi. Jamoalar kim o‘zarga bellashib, o‘z mahoratlarini ko‘rasata oldilar. Yakunida g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Termiz shahrining sha’nini himoya qilgan jamoa birinchi o‘rinni egalladi va musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun