111 kilometr yo‘l rekonstruksiya qilinadi

Date:

Yo‘llarimiz obodligi va ravonligi doimo davlat ahamiyatidagi masaladir. Shu sababdan ichki va tashqi yo‘llarni asfaltlash ishlari vaqt, mavsum tanlamaydi. Yil davomida yo‘llarda toshlash, asphalt yotqizish ishlari amalga oshiriladi. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida “Darband-Denov” yo‘nalishi bo‘yicha 4R105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 5-70 kilometr qismlarini rekonstruksiya qilish obektida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. “Lankaran Yol Tikinti” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida umumiy uzunligi 111 kilometr yo‘l rekonstruksiya qilinadi.
Viloyat rahbari qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirib, loyiha pudratchilari bilan suhbatlashdi. Davlatimiz Rahbarining vohamizga tashrifida berilgan alohida topshiriqlariga asosan amalga oshirilayotgan loyihani sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga vazifalar yuklandi. Shundan so‘ng, Sho‘rsoy mahallasida markaziy suv to‘plash va tarqatish inshootida 2 ta rezervuarni rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, shu yerning o‘zida Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi. Mutasaddilar tizimdagi mavjud muammolar, ularning yechimi bo‘yicha takliflar, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Ichimlik suvi loyihalarining sifatli amalga oshirilishi bevosita aholi muammolariga yechim ekanligini ta’kidlanib, mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun