Bir zarba bilan barchasi hal

Date:

Maydonda jang qilayotgan o‘smir yoshlarning xatti-harakatini kuzatsangiz, beixtiyor quvonasiz. Jangdan so‘ng g‘olib bo‘lgan bolalarning ko‘zidagi quvonch har bir kishiga Vatanga muhabbat, g‘urur tuyg‘usini jonlantiradi. Boks bo‘yicha 2011-2012-yillarda tug‘ilgan kichik o‘smirlar o‘rtasida Surxondaryo viloyat kubogi o‘tkazildi.
Maydonda 15 ta vazn toifasida kuch sinashgan 225 nafar o‘smirlar o‘rtasida g‘olib bo‘lganlar musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar “Sho‘rchidonmahsulotlari” AJ raisi, viloyat Kengashi deputati Sobir Ostonaqulov tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Umumjamoa hisobida 1-o‘rin Termiz shahri, 2-o‘rin Sho‘rchi, 3-o‘rin esa Jarqo‘rg‘on tumanilik yoshlarga nasib etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tibor va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartiradi

Jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj...

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori,...

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda

Termiz davlat universitetida talabalar uchun yangi imkoniyat — Harbiy...

Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi o‘zbekzabon aholining ona tilida...
KunTun
KunTun