45 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlab…

Date:

Ishlayman degan bahona qidirmaydi, balki imkonsizlikdan-da imkon topib, harakatni boshlaydi. Sidqidildan qilingan mehnat esa samara bermasdan qolmaydi. Albatta, rizq, Baraka bo‘lib qaytadi. Muzrabot tumanining “Yo‘lchi” mahallasi hududida joylashgan 1-umumta’lim maktabining qo‘shimcha binosi foydalanilmay yotgandi. U yerda “Aziza-Ozoda” ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Xotin-qizlar kasanachilik” markazi tashkil etildi.
Bu yerda 45 nafar muzrabotlik xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Hozirda ushbu tikuvchilik markazi buyurtma asosida turli xildagi kiyimlar tikish bilan shug‘ullanmoqda. Qo‘li gul chevarlarning tikkan mahsulotlarining bozori chaqqon, xaridorlari esa ko‘p. Shu sabab markazda tikuvchilarning qo‘li-qo‘liga tegmay, ish bilan mashg‘ul. Erta tongdan ish boshlagan xotin-qizlar qanday qilib kunlarini kech qilishganini bilmay qolishadi.
Muzrabot tumani hokimi Alisher Qurbanov ushbu markazda bo‘lib, ish jarayoni bilan tanishdi. Qizlarning muammo va takliflarini o‘rgandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun