YAXSHILIK JAVOBSIZ QOLMAS…

Date:

Texas restoranlaridan birida qiziq voqea ro‘y bergan. Bir kuni bir ust-boshi kir qariya restoranga kirgan va qaltirab qaqshab stolga zo‘rg‘a bir amallab o‘tirib olgan. Undan jirkangan xo‘randalar ham undan olisroqqa turib ketishgan va ofitsiantlar ham undan jirkanib hech biri uning yoniga borib xizmat qilishni istamaganlar.
Shunda Mariya ismli bir ofitsiant qiz uning yoniga borganu, undan buyurtma qabul qilib xizmat ko‘rsatishni boshlagan.
Menejer esa Mariyaga agar bu daydi pulini to‘lamasa unga o‘z hisobidan to‘latishini aytib po‘pisa ham qilgan. Ammo Mariya bunga rozi bulib daydiga xizmat qilgan. Hisob kitob vaqti kelganida esa hamma hayron qolgan. Daydi pulni to‘lagan va ustiga ustak yana qo‘shimchasiga 100 dollar choychaqa ham qoldirgan.
Tarelkaning tagiga esa bir xat qoldirib ketgan. Unda shunday so‘zlar yozilgan edi:
“Sen doimo yaxshilik qilar ekansan, bu ishing hali seni umring davomida ko‘p mushkullaringni oson qiladi” – deb yozilgan edi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha bu “daydi” restoranning egasi bo‘lib o‘z xodimlarini sinash maqsadila shu qiyofada tashrif buyurgan ekan. Mariya esa restoranning bosh menejeri bo‘lib ko‘tarildi va shundan keyin uning hayotida yuksalishlar davri boshlandi.
Chunki bu dunyoda yaxshilik hech qachon javobsiz qolmaydi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TARBIYADA ALLOMALAR MEROSI MUHIM

Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarni ma’naviy va axloqiy tarbiyalash jamiyatning...

Korrupsiya — taraqqiyotga tahdid soluvchi illat

Ma’lumki, joriy yil boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev...

Sud tizimini raqamlashtirish: “Raqamli sud” konsepsiyasi

2025-yilda “Raqamli sud” konsepsiyasi joriy etildi. Ushbu konsepsiya sud...

Madaniy meros — millat yuragining ovozi

Madaniy merosni asrash — bu jamiyatning madaniy, tarixiy va...
KunTun
KunTun