Moddiy rag‘bat ham muhim

Date:

Mehnatga beriladigan haq eng yaxshi rag‘bat aslida. Bu ish unumdorligini oshiradi. Mavsumiy ishlarda esa belgilangan rejani tezroq amalga oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, hozirgi paxta yig‘im-terim mavsumida terimchilar uchun tergan paxtalarining kunma-kun berib borilayotgani ularning shijoatini oshiradi. Ammo mehnatga yashasha haq to‘lansa, nur ustiga, bordi-yu kamlik qilsa, xafsalasini pir qilishi ham bor gap.
Bugungi kungacha tijorat banklari tomonidan (qo‘l terimi uchun) 1500 so‘mdan kredit mablag‘lari ajratilib, terimchilarga ushbu miqdordagi summa har bir kilogramm uchun berib kelinayotgan edi. Bu o‘z navbatida bir muncha qiyinchilik tug‘dirib, terimchilarni mavsumiy ishga jalb qilish holatlarida noqulay vaziyatni keltirib chiqardi.
Topshiriqqa muvofiq terimchilarni moddiy rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish hamda yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmasdan tezroq yig‘ib olish maqsadida bugundan boshlab, respublikamizning barcha hududlarida terimchilarga paxta terim narxi (qo‘l terimi uchun)ni har bir kilogramm uchun 2 500 so‘m etib belgilandi. Bunda ushbu mablag‘ning 2000 so‘mi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan, 500 so‘mi klaster hisobidan ajratilib, dalaning o‘zida terimchilarga tarqatiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun