Loyihalar moliyalashtirilib…

Date:

Ta’mirga muhtoj tashkilot yo muassasa, ta’lim dargohi bormi, tashabbus ko‘rsatib, o‘z loyihasi bilan “Tashabbusli byudjet”ga ishtirok etishi mumkin. Loyiha munosib ovoz to‘plasa, mablag‘ ajratilib, muammo hal bo‘ldi deyaverasiz. Ayni kunlarda Angor tumanidagi umumta’lim maktablarida ham “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida mukammal ta’mirlash va qurilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, tumandagi Markaziy istirohat bog‘ining ham loyihasi g‘olib chiqib, rejadagi mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘lar to‘g‘ri yo‘naltirilib, ayni paytda qurilish, ta’mirlash ishlari qizg‘in tus olgan. Tuman hokimi Qosim Mardonov obyektlarda bo‘lib, jarayonlarni ko‘zdan kechirdi.
Pudratchi korxonasi mas’ullariga ishlarni o‘z vaqtida va sifatli olib borish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar fikri islohotlar markazida

“Yuksalish” harakati va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar...

Kitob keldi ko‘z o‘ynatib, miya qaynatib…

Tirnoqlari hamisha kirlanib yuradigan odamni taniysizmi? Unga na issiq...

Oltmish yillik hayajon

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu...

Imkoniyat bisyor, sharoit tayyor — yangi-yangi imtiyozlar bor

Talabalik — oltin davr deyishadi, biroq qaysi talaba bilan...
KunTun
KunTun