G‘oliblik Xidirovlar oilasiga nasib etdi

Date:

Yurtimizda kitob targ‘iboti yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Kitobxonlik tadbirlari, kechalari-yu, ko‘rik-tanlovlar kitobxonlarni kashf etayotir. Quvonarlisi, bu targ‘ibot nafaqat kitobxon yoshlar sonini ortishiga, balki kattalarni, ota-onalarni ham mutolaaga oshno etayotir. Bu esa eng to‘g‘ri yo‘ldir. Sababi farzandlar ota-onasidan o‘rnak olishadi. Shunday ekan, kitobxon ota-onaning o‘g‘il-qizlari ham kitobxon, ma’naviyatli bo‘lib kamolotga yetadi.
Termiz shahrida kitobxon oilalarni yuzaga chiqarish uchun “Yosh kitobxon oila” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tayotir. An’ana tusini olgan tanlovning yildan yilga ishtirokchilari soni ortib bormoqda. Bu kitobxonlar safi oshayotganidan darak. Ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi murosasiz kechdi. Ishtirokchilar har bir shartda o‘z mahoratlarini namoyish etib, bilim va iqtidorlarini, nechog‘lik kitobxon ekanini ko‘rsata oldilar.
Bir necha yilki, g‘oliblikni bermay kelayotgan Termiz shahrilik Xidirovlar oilasi birinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun