Migrantlarning farzandlari ta’limi uchun to‘lov joriy etiladi

Date:

Rossiya Davlat dumasi mehnat migrantlarining farzandlari o‘qishi uchun to‘lov joriy etishga doir qonun loyihasini qabul qilishi mumkin. Bu haqda TASS xabar berdi.

Hujjat loyihasi muallifi Dumaning mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Yaroslav Nilov fikricha, rossiyalik bolalar xorijlik ishchilarning farzandlari ko‘pligidan aziyat chekmasligi kerak.«Xorijliklarning farzandlari Rossiya byudjeti, soliq to‘lovchilarimiz hisobidan o‘qishiga doir xayriya epopeyasiga xotima yasashni taklif etmoqdamiz. Ular tekin o‘qiganlari yetmagandek, o‘z tartib-qoidalarini o‘rnatishadi, begona submadaniyatlarini tiqishtirishadi. Marhamat, chet ellik ota-onalar istasa, farzandlarini ta’lim muassasalarimizga tijoriy asosda joylashtirishi mumkin. Bemalol tijoriy sinflar tashkil etishsin», – degan Ya.Nilov.Hozirda Rossiyadagi chet el fuqarolari – migrantlar bog‘cha va o‘rta ta’lim maktablarida farzandlarini bepul o‘qitib kelmoqda. Yangi loyihada esa «Rossiya Federatsiyasining ta’lim to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartirish kiritish va ular uchun tahsilni pullik qilish taklif etilmoqda.

Tahlilchilar so‘nggi vaqtlarda Rossiyada mehnat muhojirlari va ularning oilalariga nisbatan toqatsiz munosabat shakllanayotganiga e’tibor qaratmoqda. Rossiyalik yuqori martabali rasmiylarning migrantlarga nisbatan tanqidiy mulohaza bildirishi yangilik emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun