Ta’lim krediti my.gov.uz orqali beriladi

Date:

Oliy ta’lim muassasalarida ham yangi o‘quv yili boshlanish arafasida shartnoma asosida tahsil oladigan talaba-yoshlar kontraktni qanday to‘lashni o‘ylashlari aniq. Bunday paytda ta’lim krediti olish eng yaxshi va qulay yechim bo‘lib xizmat qiladi. Qonunchilikka ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga ta’lim kreditlari faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi.
Oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. Bunda ta’lim krediti OTM talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda, professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilmiy salohiyat yuksaltiriladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov...

Termizda inklyuziv muhit

Termiz shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va xavfsiz...

Biologik himoya — mo‘l hosil garovi

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov hamda tuman prokurori Baxtiyor...

16 yoshgacha ijtimoiy tarmoqlar cheklanadimi?

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini qonun...
KunTun
KunTun